Shveysariya chempionati 9-turida hamyurtimiz Behruz Karimov to‘p tepayotgan "Lugano" safarda "Lozanna"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsda Delkrua xet-trik muallifi bo‘ldi (35, 48, 52). Yana bir golni mezbonlar futbolchisi Sov o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Karimov bahsni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining 3-goliga assist bo‘ldi. U 72-daqiqada almashtirildi.
"Lugano" 25 ochko bilan chempionatda 1-o‘rinda. "Lozanna" 6 ochko bilan so‘nggi 12-pog‘onada.













