«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilardan birining noroziligi kuchayayotganini biladi. Gap yarim himoyachi Mark Bernal haqida bormoqda. Futbolchi mashg‘ulotlarda yaxshi mehnat qilmoqda va maydonda ham yaxshi saviya ko‘rsatdi, ammo uning jamoadagi roli minimalligicha qolmoqda – Bernal deyarli har doim o‘yin taqdiri hal bo‘lib bo‘lganidan keyingina maydonga tushmoqda.
«Norozilik ortib bormoqda: Bernal ko‘proq imkoniyatga loyiqman deb hisoblaydi. U bir kechada asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanishni talab qilayotgani yo‘q, ammo raqobat borligini his qilishni xohlaydi», — deyiladi El Nacional sahifalaridagi maqolada.
Ta’kidlanishicha, Bernal murakkab vaziyatda, chunki Rodri va Pedri daxlsiz o‘yinchilar hisoblanadi. Ular Flikka juda ma’qul keladigan asosiy juftlikni hosil qilishmoqda. Shunga qaramay, Bernal o‘z mehnati bilan shunchaki ramziy ma’nodagi zaxiradan tushishlardan ko‘prog‘iga loyiqman deb hisoblaydi. Ushbu vaziyat sabab 19 yoshli yarim himoyachi asta-sekin norozi bo‘la boshlamoqda.
«Flik bunday dinamikani juda uzoq ushlab turish oxir-oqibat muammo tug‘dirishi mumkinligini tushunib turibdi», — deb yozadi mualliflar.
«Barselona» murabbiyi Bernalning o‘sishi to‘xtab qolishini xohlamaydi, shu sababli u futbolchi uchun ko‘proq daqiqalar topishiga to‘g‘ri keladi.













