Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa bugun, 18-sentyabr kuni Kuvayt futbolchilariga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv Nagoyadagi "CS Asset Minato Soccer Stadium"da Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Vakillarimiz turnirni yirik g‘alaba bilan boshladi. Birinchi turda Filippin darvozasiga beshta gol urgan O‘zbekiston 5:1 hisobida zafar quchdi.
Kuvayt esa dastlabki uchrashuvda Vetnam bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.













