«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. «Barselona»da Alexandro Baldening mavqei bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan ispaniyalik mutaxassis parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfiydan futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Hozirda «PSJ»ning asosiy chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh hisoblanadi. Biroq Enrike ushbu pozisiyaga raqobat, rotasiya va jamoaning yuqori sur’atini saqlab turish uchun yana bir futbolchi qo‘shilishini istamoqda.
«PSJ» ustozi Baldeda hali ham katta salohiyat bor, deb hisoblaydi. Futbolchining «Barselona»dagi muammosi uning saviyasi bilan emas, balki Xans-Diter Flikning talablari bilan bog‘liq. Nemis mutaxassisi boshqa turdagi qanot himoyachilarini, ayniqsa markazga siljib, qanotning butun kengligini vingerlarga qoldiradigan futbolchilarni ma’qul ko‘radi.
El Nacional nashri yozishicha, Balde uchun taxminan 40 million yevro miqdoridagi taklif «Barselona»ni muzokaralar stoliga o‘tirishga undashi mumkin.













