"Barselona" joriy mavsum boshida juda yuqori natijadorlik namoyish etmoqda.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar barcha musobaqalarda o‘tkazgan dastlabki 7 ta uchrashuvda 33 ta gol urdi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 4,7 ta gol degani.
Agar "Barselona" o‘tgan mavsumdagidek jami 57 ta uchrashuv o‘tkazsa va hozirgi gol urish sur’atini saqlab qolsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, jamoa mavsumni 268 ta atrofida gol bilan yakunlashi mumkin.
Albatta, bu ko‘rsatkich hozirgi sur’at asosidagi matematik prognoz hisoblanadi.













