Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Turkiyada «Saloh toshi» paydo bo‘ldi (Foto)

Turkiyada «Saloh toshi» paydo bo‘ldi (Foto)

Baho:
+ | -

«Trabzonspor» hujumchisi Muhammad Saloh Trabzonga safari chog‘ida o‘tirgan oddiy tosh mahalliy diqqatga sazovor joyga aylandi.

Goal nashri xabar berishicha, muxlislar va sayyohlar o‘sha joyga kelib, suratga tushish va misrlik futbolchining pozasini takrorlashni boshlagan.

Hammasi Saloh Turkiyaning shimoli-sharqida joylashgan Kyurdere platosida tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganidan keyin boshlangan. Suratlarda futbolchi u yerdagi toshlardan birida o‘tirgan holda aks etgan.

Fotosuratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, muxlislar va sayyohlar aynan o‘sha toshni topish uchun bu yerga kela boshlagan.

Mahalliy aholi uni «Salohtashi», ya’ni «Saloh toshi» deb atagan. Turkiya platformalari bu joyga qanday borish mumkinligini ko‘rsatuvchi videolarni tarqata boshlagan, tosh yaqinida esa maxsus ko‘rsatkich ham o‘rnatilgan.

Bu voqea «Trabzonspor»ning «Galatasaroy» ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. O‘sha uchrashuvda Saloh uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:00, 22.09.2026.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик