"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Football Insider xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish ortib borayotganiga qaramay, Keyn uchun asosiy ustuvor yo‘nalish "Bavariya"da qolish hisoblanadi.
33 yoshli hujumchi Myunxenda o‘zini baxtli his qilmoqda va klub bilan yangi uch yillik shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Keyn "Tottenxem" safida o‘ynagan paytida ham uni sotib olishga uringan edi. Biroq "shporlar" rahbariyati asosiy to‘purarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibga sotishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Keyn "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan.
Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













