«PSJ» hujumchisi Ferran Torres do‘sti va sobiq jamoadoshi Pedrini juda sog‘inayotganini tan oldi.
Hujumchi va yarim himoyachi to‘rt yarim yil davomida «Barselona» safida birga to‘p surgan. Avgust oyida Torres kataloniyaliklar safini tark etib, Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tdi.
«Bu hafta ko‘chish ishlari bilan band bo‘ldim. Barcha buyumlarimni Barselonadan Parijga olib kelyapman. Afsuski, Pedrini o‘zim bilan birga olib ketolmadim. Uni juda sog‘inyapman», — deya Torresning so‘zlarini Managing Barca keltirdi.
Ferran Torres «PSJ» safidagi dastlabki 6 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi. Uning transfer qiymati taxminan 50 million yevroni tashkil etgan.













