«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilardan birining o‘yinidan norozi bo‘lmoqda. Hatto «Rasing» ustidan 7:2 hisobida erishilgan g‘alaba ham nemis mutaxassisining darvozabon Voysex Shesnining sport formasidan xavotirda ekanligiga ta’sir qila olmadi.
Gap golga olib kelgan xatoda emas, balki Shesni o‘zining jismoniy tayyorgarligiga e’tibor bermay qo‘yganida.
«Barselona»da futbolchilardan intensivlik, diqqatni jamlash va eng yuqori daraja talab etiladi, hattoki siz zaxira o‘yinchisi bo‘lsangiz ham. Flik buni qabul qilish qiyin bo‘lgan intizomsizlik deb hisoblaydi», — deyiladi El Nacional sahifalarida e’lon qilingan materialda.
Flik Shesnining talab qilinadigan jismoniy tayyorgarlik darajasida emasligini va bu uning reaksiya tezligi hamda harakatchanligiga ta’sir qilayotganini ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Voysex Shesni «Rasing»ga qarshi o‘yinning tanaffusida jarohat olgan Joan Garsiyaning o‘rniga maydonga tushgan edi.













