«PSJ» hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya «Oltin to‘p» uchun ovoz berish imkoniyati bo‘lganida, jamoadoshi Usmon Dembeleni tanlashini aytdi.
«Men Usmonga ovoz bergan bo‘lardim. Bu uning o‘yin uslubi va jamoaga berayotgan yordami bilan bog‘liq. U jamoani qanday qilib o‘z ortidan ergashtirayotgani biz uchun juda muhim.
U aqlbovar qilmas futbolchi va uning jamoamizda ekanidan juda xursandmiz», — deya Kvarasxeliyaning Dembele bilan birgalikdagi intervyuda aytgan so‘zlarini Liga 1 matbuot xizmati keltirdi.













