AQSHning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berish jarayonida dastlabki ovozni oldi. Bu haqda The Touchline akkaunti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan Ekvador vakili o‘z tanlovini 39 yoshli argentinalik hujumchi foydasiga amalga oshirganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchi bu yil ham mukofot uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilgan.
France Football tomonidan taqdim etiladigan nufuzli individual mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.













