«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu mashg‘ulot jarayonida Luis Enrike anchadan buyon «PSJ»da qo‘llab kelayotgan usuldan foydalana boshladi.
Gap mashg‘ulot paytida ulkan ekrandan foydalanish haqida ketmoqda. The Touchline nashri «Real» mashg‘ulotidan surat tarqatdi. Unda Mourinyu futbolchilarga katta ekran qarshisida taktik ko‘rsatmalar berayotganini ko‘rish mumkin.
Ayni paytda «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoalar 20 sentyabr, yakshanba kuni o‘zaro maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.













