Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kimga ovoz berishini aytdi.
— 2026 yilda «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritadi?
— Aniq nomzod yo‘q.
— O‘zingiz kimga ovoz bergan bo‘lardingiz?
— Messiga.
— Messiga?
— Yana kimga? Rodriga emas-ku.
— Mbappegami?
— Ha, Mbappe ham bor.
— Yamal, Keyn-chi?
— Hozircha yorqin nomzodni ko‘rmayapman. Hatto Yamalga qaraganda Keynni ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. Mbappe, Keyn, Messi bor. Men «Oltin to‘p»ni Messiga bergan bo‘lardim. U jahon chempionatida juda yaxshi o‘ynadi. Boshqa shu qadar yorqin nomzodni ko‘rmayapman. Rodriga emas-ku, — dedi Arshavin.













