Londonning «Arsenal» klubi hujum chizig‘ini ikki nafar yosh futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football London xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» «Bornmut»ning 20 yoshli hujumchisi Eli Junior Krupi va «Brentford»ning 24 yoshli vingeri Kevin Shadeni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq jurnalist Devid Ornshteyn «Bornmut» o‘z futbolchisini 115 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
Shade masalasida esa Football Transfers ma’lumotiga ko‘ra, «Brentford» uni faqat klub tarixidagi rekord summa evaziga sotishga rozi bo‘ladi. Buning uchun «Arsenal» 75 million yevrodan ko‘proq to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Shu tariqa, ikki futbolchining ehtimoliy transferi London klubiga jami 190 million yevrodan ortiqqa tushishi mumkin.
Joriy mavsumda Kevin Shade barcha musobaqalarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Krupi esa hozircha maydonga tushmadi.













