Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» de Yong transferi bo‘yicha bitimga «Barselona»ga o‘z o‘yinchisini qo‘shishni taklif qilishga tayyor

«Liverpul» de Yong transferi bo‘yicha bitimga «Barselona»ga o‘z o‘yinchisini qo‘shishni taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Liverpul» mavsumni unchalik yaxshi boshlamadi va tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Mersisayd klubi «Barselona»dan Frenki de Yongni yarim himoyaga olib kelishni qiziqarli variant deb hisoblamoqda.

Kataloniyaliklar de Yong transferi uchun ochiq, ammo u uchun kamida 65 million yevro olmoqchi. «Liverpul» bu summani oshirib yuborilgan deb hisoblaydi.

El Nacional nashrining Fanatik’ga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» Frenki de Yong bo‘yicha bitimga o‘z futbolchisi — Florian Virsni qo‘shmoqchi. Bunday holda hatto «Barselona»ning o‘zi inglizlarga qo‘shimcha pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, «Liverpul»da hech o‘zini ko‘rsata olmayotgan Virs «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka ma’qul keladi. Tog‘ri, kataloniyaliklarda ushbu pozisiyada bir nechta o‘yinchi bor va «Liverpul»ning taklifi ularni qoniqtirishi aniq emas.

Kiritildi: 16:18, 22.09.2026.
O'qildi: 2841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик