Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Flik Alvaresdan voz kechishga tayyor — "Barselona"da muhimroq transfer maqsadi bor

Flik Alvaresdan voz kechishga tayyor — "Barselona"da muhimroq transfer maqsadi bor

Baho:
+ | -1

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xulian Alvares jamoaning hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishini yaxshi tushunadi. Biroq nemis mutaxassisi argentinalik futbolchi transferidan voz kechishga tayyor, chunki uning fikricha, kataloniyaliklarning transfer bozorida bundan ham muhimroq maqsadi bor.

Flik uchun "Barselona" Pau Kubarsi bilan mustahkam juftlik hosil qila oladigan yuqori saviyali markaziy himoyachini xarid qilishi muhim.

Bundan tashqari, murabbiy klub Alexandro Baldeni sotishi kerak, deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklar ushbu transferdan tushgan mablag‘ni yangi markaziy himoyachi sotib olish uchun ishlatishi mumkin.

Hujum chizig‘iga kelsak, Rafinyaning markaziy hujumchi sifatidagi o‘yini va Gabriel Jezusning jamoaga kelishi Xulian Alvaresni xarid qilishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan.

Avvalroq matbuotda "Barselona" qishki transfer oynasida Alvaresni sotib olish uchun yana bir bor harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yozda esa "Atletiko" argentinalik hujumchini qo‘yib yubormadi.

Kiritildi: 18:32, 22.09.2026.
O'qildi: 3047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик