"Barselona" mavsumni ajoyib boshladi va dastlabki 8 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Biroq klubda bosh murabbiy Xans-Diter Flikning bir qaroridan norozi ekanliklari aytilmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Hujumchi Xamza Abdulkarim mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan edi. Shu sabab klub rahbariyati u rasmiy o‘yinlarda ham maydonga tushib, rivojlanishda davom etadi, deb umid qilgan.
Biroq Flik faqat bitta uchrashuvda Abdulkarimni o‘yin oxirida zaxiradan maydonga tushirdi. Qolgan bahslarda esa 18 yoshli futbolchi 90 daqiqani to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Flikning fikricha, Abdulkarim o‘yin vaqti olishdan oldin futbolning ayrim jihatlarida hali rivojlanishi kerak.
"Shunga qaramay, klubda bu kamchiliklar aynan o‘yin amaliyoti orqali bartaraf etiladi, deb hisoblashmoqda", deyiladi xabarda.
"Barselona" navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni o‘z maydonida "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi.













