Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Manba: «Real» futbolchilari Vinisiusning ketishini deyarli hal bo‘lgan deb hisoblagan

Manba: «Real» futbolchilari Vinisiusning ketishini deyarli hal bo‘lgan deb hisoblagan

Baho:
+ | -

Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior o‘tgan yozda «Real»dan «Arsenal»ga o‘tishga juda yaqin bo‘lgan. Hatto Madrid klubi kiyinish xonasidagi futbolchilarning aksariyati uning ketishini deyarli hal bo‘lgan masala deb hisoblagan.

Cadena SER'ning «El Larguero» dasturida jurnalist Anton Meana bergan ma’lumotga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasi bu transferni tarixiy va strategik ahamiyatga ega operasiya sifatida ko‘rgan.

«Arsenal» Vinisiusni Premyer-liganing asosiy yuzlaridan biriga aylantirishni, uning global imijidan foydalanib, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland bilan marketing raqobatini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Vinisius jamoadoshlari bilan juda yaxshi va yaqin munosabatda bo‘lishiga qaramay, «Real» futbolchilari uning ketishiga tayyor bo‘lgan.

Manba ta’kidlashicha, yirik transferning amalga oshmay qolishi futbolchining ruhiy holatiga ta’sir qilgan va u maydonda diqqatini to‘liq jamlay olmayapti.

Bu holat «Atletiko»ga qarshi 1:2 hisobidagi Madrid derbisida yaqqol ko‘ringan. Vinisius ushbu bahsda gol ham, golli uzatma ham amalga oshirmagan, darvoza tomon aniq zarba bermagan va xavfli vaziyat ham yaratmagan.

«Santyago Bernabeu»dagi muxlislarning uning so‘nggi o‘yinlaridan noroziligi oshib, hushtakbozliklar ham ko‘payib bormoqda.

Shu sabab xalqaro tanaffus paytida Joze Mourinyu oldida taktik jihatdan muhim masala paydo bo‘ldi: chempionat qayta boshlanganidan keyin Vinisiusni zaxirada qoldirib, uning o‘rniga 125 million yevroga xarid qilingan Yan Diomandeni asosiy tarkibga qo‘yish kerakmi yoki yo‘q.

Kiritildi: 12:53, 22.09.2026.
O'qildi: 2719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик