Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan ozod etilgan taqdirda, klub rahbariyati uchta nomzoddan birini tanlaydi. Bu haqda CaughtOffside nashri yozmoqda.
Bular: Antonio Konte (hozirda klubliz, ilgari APLda «Chelsi» va «Tottenxem»da ishlagan), Kiran Makkenna (yaqingacha «Ipsvich» ustozi) va hozirda «Nottingem»ni boshqarayotgan Oliver Glasner. Shu bilan birga, hozircha Kerrik rahbariyatning ishonchini saqlab qolayotgani va iste’fo masalasi shoshilinch emasligi ta’kidlanmoqda.
«Manchester Yunayted» APLning to‘rtta turidan so‘ng to‘rt ochko jamg‘arib, Angliya chempionatida 13-o‘rinni egallab turibdi. 20 sentyabr kuni Kerrik jamoasi safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi.













