«Espanyol» hujumchisi Roberto Fernandes boshqa bir Kataloniya klubi — «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» 24 yoshli ispaniyalik futbolchini bosh murabbiy Xans-Diter Flikning shaxsiy iltimosiga ko‘ra potensial transferlar ro‘yxatiga qo‘shishdi. Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olishga Italiyaning «Fiorentina» va «Komo», shuningdek, Angliyaning «Xall Siti» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Forvardning «Espanyol» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati o‘n million yevroga baholanmoqda.
La Liganing joriy mavsumida Fernandes oltita o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urishga erishdi.













