Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Bahodir Jalolov professional boksda qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolov professional boksda qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasi vakili, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov professional ringdagi navbatdagi jangini 17 oktyabr kuni o‘tkazadi. Uning raqibi britaniyalik Solomon Dakres bo‘ladi.

Mashhur insayder Den Rafaelning xabariga ko‘ra, Jalolov 17 oktyabr kuni London shahridagi “O2 Arena”da o‘tkaziladigan Daniel Dyubua — Fabio Uordli jangi kechasida ringga ko‘tariladi. Jalolov — Dakres jangi asosiy jang oldidan o‘tkaziladigan bahslardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Tomonlar jangni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Jalolovning promouteri Top Rank, Dakresning promouteri esa Queensberry kompaniyasi hisoblanadi.

32 yoshli Bahodir Jalolov professional boksda mag‘lubiyasiz faoliyat yuritmoqda. U professional boksda 17 ta jang o‘tkazib, Shularning 15 tasini muddatidan avval yakunlagan.

Jalolov so‘nggi jangini 9 may kuni Manchesterda o‘tkazgan. O‘shanda u xorvatiyalik Agron Smakichini nokautga uchratgandi.

Uning raqibi Solomon Dakres professional boksda 10 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan. Britaniyalik bokschi ushbu janglarning uchtasida raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik sportchi havaskor boksda ham katta natijalarga erishgan. U 2020 va 2024-yillarda Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. Shuningdek, 2019 va 2023-yillarda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:27, 18.09.2026.
O'qildi: 2382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик