Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" o‘z safidagi jahon chempionlarini maxsus marosim bilan taqdirlamaganidan afsusda ekanini bildirdi.
Yozda kataloniyaliklar Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan futbolchilar sharafiga an’anaviy taqdirlash marosimini o‘tkazishdan voz kechgan edi.
Ispaniyaning chempion tarkibida Lamin Yamal, Rodri, Pedri, Pau Kubarsi, Dani Olmo, Joan Garsiya, Erik Garsiya va Gavi ishtirok etgan.
"Bundan afsusdaman, chunki bunday e’tirof har doim ham nasib etavermaydi. Ular baribir bu muvaffaqiyatni yaxshi his qilayotgan bo‘lsa kerak, chunki qayerga borishmasin, ularni taqdirlashyapti.
Agar seni o‘z uyingda e’tirof etishmasa, buni boshqa joyda qilishadi", — deya de la Fuentening so‘zlarini AS keltirdi.
Keyinchalik Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini boshqa klublar ham tabrikladi. Xususan, "Elche" "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan maxsus marosim tashkil qildi. Keyin "Levante" ham futbolchilarni taqdirlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.













