«PSJ» va «Barselona» o‘rtasida futbolchilar almashinuvi amalga oshishi mumkin.
So‘nggi kunlarda matbuotda «Barselona» «PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruisga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbalarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining o‘zi ham vataniga qaytishni istamoqda.
El Nacional nashri RMC Sport ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelaifiy va bosh murabbiy Luis Enrike «Barselona»ning Ruisga bo‘lgan qiziqishidan xabardor va almashinuv variantini ko‘rib chiqmoqda.
Parij klubi tajribali yarim himoyachini «Barselona»ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo buning evaziga Mark Bernal «PSJ» safiga o‘tishi kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Luis Enrikega 19 yoshli Bernalning o‘yini ma’qul. Ayni paytda yosh futbolchining «Barselona»dagi o‘yin amaliyoti cheklangan.













