Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Chempionlar Ligasining asosiy favoriti aniqlandi

Chempionlar Ligasining asosiy favoriti aniqlandi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasida jamoalar birinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazdi. Uning yakunlariga ko‘ra, Opta superkompyuteri klublarning nufuzli turnirda g‘olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Reytingda birinchi o‘rinni o‘tgan mavsum finalchisi — Londonning «Arsenal» klubi egalladi. Mikel Arteta shogirdlarining turnirda g‘olib chiqish ehtimoli 22,95 foizga baholangan.

Ikkinchi o‘rinda 18,23 foiz ko‘rsatkich bilan Myunxenning «Bavariya» klubi joylashgan. Kuchli uchlikni yana bir APL vakili — «Manchester Siti» yakunlab turibdi. «Shaharliklar»ning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 14,49 foizga teng.

Kuchli o‘nlikdan shuningdek «Barselona» (7,7%), «Liverpul» (7%), «PSJ» (6%), «Real» (4,3%), «Manchester Yunayted» (3,9%), «Aston Villa» (3,3%) va «Inter» (2,4%) o‘rin olgan.

Kiritildi: 16:07, 11.09.2026.
O'qildi: 6567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик