«Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Budyo-Glimt»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisobni Jamal Musiala ochdi. Uning 47-daqiqadagi goli «Bavariya» uchun Yevropa chempionlari kubogi va Chempionlar ligasidagi umumiy 900-gol bo‘ldi.
Shu tariqa, myunxenliklar turnir tarixida 900 ta gol marrasiga yetgan ikkinchi jamoaga aylandi. Bu natijagacha faqat Madridning «Real» klubi erishgan. «Real» hisobida hozirda 1139 ta gol bor.
Bu haqda UEFAning rasmiy sayti xabar berdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Bavariya» 13 oktyabr kuni Norvegiyaning «Viking» klubi mehmoni bo‘ladi. «Budyo-Glimt» esa 14 oktyabr kuni Dortmundning «Borussiya»siga qarshi maydonga tushadi.













