«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z loyihasi uchun eng munosib futbolchini tanlagan. Ispaniyalik mutaxassis «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni jamoasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.
El Nacional xabariga ko‘ra, Alonso Lopesga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni yangilangan «Chelsi»ning asosiy figuralaridan biri bo‘lishga ko‘ndirmoqchi. «Barselona» Ferminni sotishni istamayapti, ammo taklif juda katta bo‘lishi kutilgani uchun qishda muzokaralarga kirishishi mumkin.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi futbolchi transferi uchun 140 million yevro to‘lashga tayyor.
23 yoshli Fermin Lopesning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030/31 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.













