Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Umtiti Mbappeni tanqid qildi: «Messi hech qachon bunday demagan bo‘lardi»

Umtiti Mbappeni tanqid qildi: «Messi hech qachon bunday demagan bo‘lardi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Samuel Yumtiti Kilian Mbappening so‘nggi bayonotiga munosabat bildirdi.

«Real» hujumchisi avvalroq o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashi va «Oltin to‘p»ga munosib ekanini ochiq aytgan edi.

«Bunday gaplarni aytish kerak emas. Men «Barselona»da Messi bilan birga o‘ynaganman. Leo o‘zining eng yaxshi ekanini bilardi, ammo ishoning, u hayotida hech qachon bunday gapni aytmagan bo‘lardi», — deya Yumtitining so‘zlarini ActuFoot keltirdi.

Lionel Messi «Oltin to‘p»ni rekord darajada 8 marta qo‘lga kiritgan. Kilian Mbappe esa hozirga qadar ushbu sovringa ega chiqmagan.

Navbatdagi «Oltin to‘p» sohibining nomi 26 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 12:25, 16.09.2026.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик