Ispaniya chempionatining 6-turida "Barselona" "Rasing"ni 7:2 hisobida tor-mor qildi.
Kataloniyaliklar safida Joau Kanselu, Gabriel Jezus va Lamin Yamal gol urdi. Rafinya Dias xet-trik qayd etdi, Asyer Vilyalibre esa o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Yirik g‘alabadan so‘ng "Barselona" Ispaniyaning yetakchi sport nashrlari muqovasidan joy oldi. Diario SPORT va Mundo Deportivo gazetalari birinchi sahifasida bir xil sarlavhani qo‘lladi — "To‘xtatib bo‘lmas".
"Barselona" yangi La Liga mavsumidagi dastlabki 6 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Kataloniyaliklar ushbu uchrashuvlarda 28 ta gol urdi — bu chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Eng yaqin ta’qibchi "Real" hisobiga esa 17 ta gol yozilgan.













