Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Barselona"ning bugungi o‘yini qoldirilishi mumkin

"Barselona"ning bugungi o‘yini qoldirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni kechqurun «Barselona» Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida «Rasing»ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishi kerak. O‘yin oldidan Kataloniya meteorologiya agentligi Meteocat hududga bo‘ron fronti yaqinlashayotgani haqida ogohlantirish berdi. U kuchli yomg‘ir va haroratning pasayishiga olib kelishi kutilmoqda, deb yozadi Goal.

Sinoptiklar beqaror ob-havo payshanba kuni ertalabgacha saqlanishini kutmoqda. Bir nechta hududda kuchli yomg‘ir, shamol va do‘l yog‘ishi xavfi bo‘yicha sariq ogohlantirish amal qilmoqda.

Umuman, ob-havo «Kamp Nou»dagi uchrashuvni o‘tkazish rejalariga ta’sir qilishi mumkin. Biroq startga qadar hali vaqt bor. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanishi kerak.

Avvalroq «Barselona» Chempionlar ligasida «Feyenoord»ga qarshi o‘yinning bir bo‘lagini kuchli yomg‘ir ostida o‘tkazgan edi. Kuchli yog‘ingarchilik hatto teletranslyasiyada ham yaqqol ko‘ringan, ammo uchrashuvni to‘xtatishga to‘g‘ri kelmagan. Shu bilan birga, tribunalarda suvni chiqarish bilan bog‘liq ayrim muammolar kuzatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat aks etgan kadrlar ham tarqalgan.

«Kamp Nou» stadionida rekonstruksiya ishlari hali to‘liq yakunlanmagan.

Kiritildi: 16:37, 16.09.2026.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик