Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

La liga. «Real» «Elche»ga qarshi o‘yinda ikki gollik ustunlikni boy berdi, ammo 90+1-daqiqada g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

La liga. «Real» «Elche»ga qarshi o‘yinda ikki gollik ustunlikni boy berdi, ammo 90+1-daqiqada g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 6-turidan o‘rin olgan «Elche» va Madridning «Real» klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Manuel Martines Valero» stadionida o‘tkazilgan bahsda bosh hakam vazifasini Xesus Xil Mansano bajardi. Uchrashuvda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

25-daqiqada «Elche» darvozaboni Matias Dituroning o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi «Real»ni oldinga olib chiqdi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe madridliklarning ustunligini mustahkamladi.

71-daqiqada Abyel Osorio «Elche»ning hisobni qisqartirishiga erishdi. 83-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Fer Ninyo hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv yakuniga qo‘shib berilgan vaqtning birinchi daqiqasida Karlos Espi Mbappening uzatmasidan keyin gol urib, «Real»ga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa «Real» La Liganing oltita o‘yinidan keyin 15 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. «Elche» esa 2 ochko bilan 20-pog‘onada qoldi. «Barselona» 5 ta uchrashuvdan keyin 15 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi.

Ispaniya — La Liga, 6-tur
15 sentyabr 2026 yil. Elche, «Manuel Martines Valero» stadioni.
«Elche» — «Real» 2:3
Gollar: Dituro, 25' (avtogol) — 0:1; Mbappe, 33' — 0:2; Osorio, 71' — 1:2; Fer Ninyo, 83' — 2:2; Espi, 90+1' — 2:3.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:29, 16.09.2026.
O'qildi: 2134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик