«Barselona» braziliyalik vinger Rafinya Dias bilan hamkorlikni uzaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda Diario Sport jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Deku yangi shartnoma masalasida futbolchi bilan shaxsan suhbatlashgan.
Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
29 yoshli vinger yangi mavsumni juda samarali boshladi. U Ispaniya chempionatida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning gollaridan biri penaltidan kiritilgan.













