«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2026 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytdi. Dushanba kunigi matbuot anjumanida «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyodan bu haqda fikri so‘raldi.
— Lamin «Oltin to‘p»ni yutishga loyiq ekanini aytdi...
— Men har bir bayonotga izoh bera olmayman. Futbolchining so‘zlarini hurmat qilaman.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda Lamin Yamal ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinni Usmon Dembele olgan.
Bu yil «Oltin to‘p» mukofoti Londonda topshiriladi. Tantanali marosim 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Real» seshanba kuni La Liga doirasida safarda «Elche»ga qarshi o‘ynaydi.













