Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ibragimovich Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi so‘zlarini masxara qildi

Ibragimovich Mbappening «Oltin to‘p» haqidagi so‘zlarini masxara qildi

Baho:
+1 | -

«Milan» va «PSJ»ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Real» Madrid forvardi Kilian Mbappening bayonotiga munosabat bildirdi. Fransiyalik hujumchi ideal mavsum o‘tkazganini va shuning uchun «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgan edi.

«Mbappe undan yaxshiroq mavsum o‘tkazgan birorta ham futbolchi bo‘lmaganini aytyaptimi? Bu gapdan kulaman. U hech narsa yuta olmadi. Ayni paytda Xarri Keyn ko‘p gapirmaydi — u raqamlari bilan gapiradi, jamoasini oldinga yetaklaydi va sovrinlarni qo‘lga kiritadi», — dedi Ibragimovich.

O‘tgan mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 14:14, 14.09.2026.
O'qildi: 4068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик