Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Rasman: "Barselona" Hamza Abdelkarim bilan kelishuvga erishdi

Rasman: "Barselona" Hamza Abdelkarim bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+2 | -

"Barselona" misrlik hujumchi Hamza Abdelkarim bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yangi bitim 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Kataloniya klubi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, shartnoma 15 sentyabr kuni klub prezidenti Joan Laporta ofisida imzolanadi. Shundan so‘ng Abdelkarim OAV vakillari bilan ham muloqot qiladi.

18 yoshli futbolchi "Barselona"ga 2026 yil fevral oyida dastlab ijara asosida kelgan. Yozda klub uning transfer huquqini to‘liq sotib oldi. Abdelkarim mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida 4 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.

Misrlik hujumchi 31 avgust kuni "Rayo Valyekano"ga qarshi bahsda "Barselona" asosiy jamoasi safida rasmiy debyut qildi. Endi klub uni uzoq muddatli rejalarining bir qismi sifatida saqlab qolmoqda. 

Kiritildi: 16:54, 11.09.2026.
O'qildi: 2855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик