Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Alvaresdan uzr so‘rashini kutmoqda

«Atletiko» Alvaresdan uzr so‘rashini kutmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tish rejasi amalga oshmadi.

Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi transfer masalasini muhokama qilish uchun bosh murabbiy Diyego Simeone va klub bosh direktori Migel Anxel Xil Marin bilan uchrasha olmaganidan norozi. Jurnalist Pedro Fulyana ma’lumotiga ko‘ra, «matraschilar» futbolchilari Alvares klubda qolgan taqdirda uni qo‘llab-quvvatlashga va mahalliy muxlislar ishonchini qayta qozonishiga yordam berishga tayyor.

Shu bilan birga, klub ichida argentinalik hujumchi o‘z xatosini omma oldida tan olib, «Atletiko» muxlislaridan uzr so‘rashi maqsadga muvofiq, degan fikr mavjud.

«Barselona» Xulian Alvares uchun taxminan 100 million yevro taklif qilgan, ammo «Atletiko» muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

Alvaresning o‘zi esa «Barselona» safida to‘p surishni orzu qilmoqda.

Kiritildi: 08:41, 11.08.2026.
O'qildi: 3265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик