Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Man Siti» Rodri o‘rniga angliyalik yarim himoyachini nishonga oldi

«Man Siti» Rodri o‘rniga angliyalik yarim himoyachini nishonga oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton «Manchester Siti»da Rodrining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

«Shaharliklar» yoz boshidayoq angliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha «Kristal Pelas» bilan aloqaga chiqqan edi. Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, agar Rodri «Manchester Siti»ni tark etsa, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin vaqt ichida qayta boshlanishi mumkin.

Uortonga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirgan. Biroq 22 yoshli futbolchi bo‘yicha «Kristal Pelas» hozircha rasmiy taklif olmagan.

Transfermarkt portali Uortonning transfer qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Ayni paytda Rodrining «Barselona»ga o‘tishi ehtimoli yuqori. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. «Manchester Siti» ispaniyalik yarim himoyachining transferidan 70 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab olishni kutmoqda.

Kiritildi: 09:19, 11.08.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик