«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilish borasida vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Diario Sport xabar berishicha, kataloniyaliklar «Atletiko» o‘zining qat’iy pozisiyasini yumshatib, argentinalik hujumchini sotish bo‘yicha muzokaralarga kirishga tayyorligini bildirishini kutmoqda.
«Barselona» rahbariyati faqat madridliklar muzokaralarga tayyor ekanini ko‘rsatgan taqdirdagina Alvares uchun yangi taklif bilan chiqishga qaror qilgan.
Kataloniya klubi avvalroq 100 million yevrodan ortiq miqdordagi taklif bilan chiqqan, ammo «Atletiko» ushbu taklifni rad etgan.
Ayni paytda Alvares 10 avgust kuni «Atletiko»ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilishi va jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan kelajagi borasida suhbatlashishi kutilmoqda.
«Barselona»da Alvares transferi amalga oshmasa, hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarga e’tibor qaratish rejasi ham mavjud.













