«Barselona»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti» xavbeki Rodri Ernandesni sotib olish borasidagi qarorni tushunmadi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, de Yong «Barselona»ning ispaniyalik opornikni o‘z safiga qo‘shib olish istagi borligini eshitib hayron qolgan. Frenkining fikricha, Rodri kelgan taqdirda u asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda de Yong jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. O‘tgan mavsumda 29 yoshli xavbek barcha turnirlarni hisobga olgan holda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













