"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson 2013 yilda Joze Mourinyo uning vorisi bo‘lish haqidagi fikrini o‘zgartirib, "Chelsi"ga qaytganini tasdiqladi.
"Ha, unga ish taklif qilindi. Men uni o‘tirg‘izib, vaziyatni tushuntirdim. Men tushunganimcha, u rozi bo‘ldi. Va keyin, bir necha soatdan keyin hamma narsa o‘zgardi.
O‘sha kuni kechqurun u menga yig‘lab qo‘ng‘iroq qildi va: "Aleks, men bu taklifni qabul qila olmayman. Men "Chelsi"ga so‘z berdim va uni buzmayman", dedi.
Uning sababini tushunishim mumkin edi, lekin hafsalam pir bo‘lgandi", dedi Fergyuson Netflix hujjatli filmida.













