Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»da Endrik bo‘yicha qaror qabul qilindi

«Real»da Endrik bo‘yicha qaror qabul qilindi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik joriy transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, braziliyalik futbolchini jamoada olib qolish qarori klub rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourinyu tomonidan yakdillik bilan qabul qilingan. Avvalroq ispan OAVlari ham «qirollik klubi» Endrikni o‘z tarkibida saqlab qolishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Portugaliyalik mutaxassis Endrikka ishonch bildirmoqda va futbolchining kamida yanvar oyiga qadar «Real»da qolishini xohlamoqda. 20 yoshli hujumchi jamoada 9-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Endrik o‘tgan mavsumning birinchi yarmida «Real» asosiy tarkibiga muntazam kira olmagani sababli yil boshida ijara asosida «Lion»ga yo‘l olgan edi. U Fransiya klubida o‘zini yaxshi tomondan namoyish qilib, Karlo Anchelottini ishontirdi va murabbiy uni Braziliya terma jamoasiga qayta chaqirdi.

Kiritildi: 08:56, 11.08.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик