Madridning «Real» klubi Orelyen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va jamoa kapitani Federiko Valverdening joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etishiga ruxsat bermaydi.
Marca ma’lumotiga ko‘ra, har ikki fransuz futbolchisining klubdan ketishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalganiga qaramay, «qirollik klubi» ularni tarkibda saqlab qolishga qaror qilgan va transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormagan. Tchuameniga Angliya klublari tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lgan, biroq bosh murabbiy Joze Mourinyu futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Manbaga ko‘ra, Federiko Valverde bo‘yicha ham bir qator klublar «Real»ga so‘rovlar yuborgan. Biroq urugvaylik futbolchining transferi istisno qilingan. Valverdening o‘zi ham boshqa klublar bilan muzokara olib borishga hech qanday qiziqish bildirmayapti.
Transfermarkt portali Tchuameni va Kamavinganing transfer qiymatini mos ravishda 70 va 50 million yevro deb baholamoqda. Valverdening qiymati esa 90 million yevroga teng.













