«Manchester Siti»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Ernandes «Barselona»ning transfer nishoni bo‘lib qolishda davom etmoqda.
Diario SPORT xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» «shaharliklar»ga Rodri bo‘yicha ikkinchi taklifni yuborishgan. Klub 65 million yevro plyus bonuslar ko‘rinishida yana besh million yevrolik oferta jo‘natgan.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar jadal sur’atlarda kechmoqda. Ikkala klub ham bitimni ortga surishni istamayapti. «Barselona»da yakuniy kelishuvga yaqin sutkalar ichida erishilishiga umid qilishmoqda.
O‘tgan mavsumda 30 yoshli Rodri barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu vaqt ichida u raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi.













