Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Xayrulla Hamidov: "Tosh orasidagi olmoslar"

Xayrulla Hamidov: "Tosh orasidagi olmoslar"

Baho:
+ | -

Bizning davrlarda 9-10-sinf bolalari chuqurlashtirilgan ta’lim asosida o‘qitilardi.

Yaxshi o‘qimaganlarga yo o‘qishga kirishni istamaganlarga “marhamat, elning buyuk bolalariga xalaqit bermay, o‘sha tomonlarning changiga qorishib yuring”, degandek, “sptu”larning eshiklarini lang ochib qo‘yishardi. Yodimda, sakkizinchi sinfni bitirib, saragimiz sarakka ajralayotgan paytimiz, bir a’lochi do‘stimiz oilaviy sharoiti yaxshi bo‘lmaganidan, ko‘cha hayotiga ravona bo‘ldi. Vaholanki, u maktabimizning eng ilg‘orlaridan biri, hammadan ko‘p kitob o‘qigan, turli fan bo‘yicha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘spirin edi.

Uning bu qaroridan hamma achinsa-da,hech kim yordam bera olmagan. Men ham shular qatorida beimkon quldek boqib turardim. Men aqli hammadan ko‘p bo‘lgano‘sha boladano‘ta qarzdor edim. U menga kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otib ketgandi. “Sariq devni minib”ni zo‘rg‘a o‘qiyotgan paytimiz, u O‘tkir Hoshimovning asarlarini mutolaa qilib yurardi. Undan “Ikki eshik orasi”ni so‘rab o‘qiganim yodimda.

Mening, o‘sha davrlardagi katta kitobga mukkasidan ketishimbalkim unga nisbatan havas va hasadga o‘xshagan bir tuyg‘u bilan boshlangan bo‘lsa ham bordir– zero, ko‘p hollarda o‘zim uchun emas, unga yetib olish uchun o‘qiyotganimni sezardim. U esa hech kimdan o‘zish uchun emas, o‘zi uchun, faqatgina kitobni yaxshi ko‘rgani uchun o‘qirdi, xolos. Ana shundoq nodir tengdoshim oilaviy sharoitining og‘irligi sabab maktabni tashlab ketgandi.

Keyinroq, “milliy”da o‘qib yurgan paytlarim o‘sha do‘stimning onasini ko‘rib qoldim. Onaizor zorlanib yig‘ladi. O‘g‘il o‘qishga kirmagani aniq. Bu ham yetmaganidek, ko‘cha hayotiga qattiq kirishib ketganidan, bezori bolalar bilan kichikroq jinoiy ishga aralashib qolgan ekan…

Yana yillar o‘tdi, “Chorsu” bozorining to‘polonlaridan gangib ketayotgan paytim, to‘g‘rimdan kelayotgan istarasi issiq yigitga ko‘zim tushib qoldi. Ha, u edi. So‘rashdik. Ishlari sal bo‘lsa ham oldinga siljibdi. Bozordagi savdo rastalaridan birida ishlayotgan ekan. Xursand bo‘ldim. Xayrlashar ekanman, menga kulib qo‘ydi: “Ha-ya, rosa mashhur bo‘lib ketding-a, TVda ko‘rsam, o‘rtog‘im edi, deb qo‘yaman”.

Men uning nigohidagi samimiyatni payqadim. Hech qanday hasad yo‘q edi. “Kitob o‘qib turibsanmi?” dedim gap topolmaganimdan. “Albatta, — dedi u, -kitobsiz yashab bo‘larkanmi?” Aytyapmanu, u kitobni faqat sevganidangina o‘qirdi. Qandaydir maqsadlar unga begonadek edi.

Xayrlashib ketdim. Ikkimiz yana o‘zimiz tanlagan tomonga qarab yo‘l oldik. U bilan boshqa ko‘rishmadim.

Yana bir voqeani keltiraman. G‘arbdan. Krishtianu Ronaldu degan yulduz hikoya qiladi bu hodisani:

«Futbolda bugun erishayotgan yutuqlarimga eng yaqin do‘stim Albertu Fantrau ulkan hissa qo‘shgan. Yosh bola paytlarimda bir kichik futbol maktabida u bilan birgalikda to‘p surganman. Biz ikkimizni «Sporting» futbol klubi mutasaddilariga tavsiya etishibdi. Bir kuni ushbu klub mutaxassislari o‘yinimizni tomosha qilish uchun akademiyamizga tashrif buyurishdi. Ular bizdan bor kuch bilan harakat qilishimizni talab qilishar ekan, «Sporting» klubida bor-yo‘g‘i bitta joy borligini va kim bugun ko‘proq gol urishga erishsa, o‘sha futbolchini o‘zlari bilan birga olib ketishlarini ta’kidlashdi.

O‘yin 3-0 hisobida bizning foydamizga hal bo‘lgan. Hamon yodimda, birinchi golni raqib himoyachilarini birma-bir chiroyli tarzda aldab o‘tib, men urganman. Ikkinchi to‘pni esa do‘stim Albertu kiritgan edi. Uchinchi gol barchani taajublantirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari o‘z poyoniga yetib borayotgan bir paytda, do‘stim darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chikib keldi. Uni aldab o‘tdiyu, yoniga yugurib kelganimni ko‘rib, to‘pni menga uzatdi va men uchinchi golga mualliflik qildim. Vaholanki, o‘shanda do‘stimning o‘zi ham bo‘sh qolgan darvozani bemalol ishg‘ol qilishi mumkin edi. O‘yin tugagach, uning yoniga yugurib keldim va hayrat bilan: «Nima uchun bunday qilding?» deb so‘radim. U esa boshini egib olib: «Krish, sen bu joyga loyiqsan, chunki sen mendan zo‘rsan!» — dedi-da, orqasiga qarab ketib qoldi. Yakunda aynan men «Sporting» klubi a’zosiga aylandim”.

Krishtianuning ushbu gaplaridan so‘ng jurnalistlar futbolchining do‘sti Albertu Fantrauni izlab topishdi. U ham o‘z navbatida Ronalduning gaplarini so‘zma-so‘z tasdiqladi va o‘sha voqeadan so‘ng futboldan umrbodga ketganligini aytdi. Jurnalistlar: «O‘zingiz ishsiz ekansiz… Shunday katta dang‘ilama uy bilan qimmatbaho avtomobil qayerdan?»deb so‘rashganida, Albertu: «Bularning barchasi Krishtianuning pullariga sotib olingan”, deya javob qaytardi.

To‘g‘ri, bu ikki voqea o‘rtasini to‘sib turgan moliyaviy munosabat ham bor. Ammo, tan olish kerakki, Ronaldu har qancha boy bo‘lsa ham, bu holatda insoniylikdan uzoqlashib ketmaganini ko‘ramiz.

Men o‘sha do‘stimga hozir ham jiddiy yordam bera olmasam kerak. Qandaydir dard tiqilib qolgandek yuragimga. Sezganmisiz, shunaqa paytlarda kimgadir yaxshilik qilish kayfiyati kuchayadi odamda?! Meni ham shu tuyg‘u chetlab o‘tmagan, shekilli, hozir shu ikki voqeaga ozgina dahldor boshqa bir hodisani aytib o‘taman.

O‘tgan yili “Lokomotiv” klubi qoshidagi futbol maktabiga borib, bir tanishimning 2007 yilda tug‘ilgan o‘g‘li ko‘rikdan o‘tganiga guvoh bo‘lganim ham yodimda. Bu – uchinchi voqea. Yomonmas, himoyaga tortadigan o‘yin ko‘rsatdi. Lekin shu bolakaylar ichida Yangiyo‘ldan kelgan Shohrux degan bola yarq etib ajralib qoldi. Mashg‘ulotga ilk kelgan kuniyoq eski o‘ynab yurgan tengdoshlarini xotirjam aldab, gollar urib tashladi va tomosha qilayotgan ota-onalarni o‘ziga rom etib qo‘ydi. Murabbiy ham: “Shoh, Shoh”, deb faqat unga ko‘rsatmalar berishga tushdi.

Maydon chetida uning onasi turgan ekan. Yangiyo‘ldan kelgan. So‘rab bilishimcha, Shoxrux o‘z mahallasida ancha yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgan, internetni kuzatgan tanishlari onasiga “Bolangizni Toshkentga olib bormasangiz bo‘lmaydi…” deb qo‘yarda qo‘ymay, shu joyga yuborishgan ekan. Sezdim, ko‘rdim, onaizorning sharoiti u qadar yaxshi emas. Haftada bir marta kela olamiz, deganidan bildim bu holatni. Bolaga qarab turib, uzoq Portugaliyayu Argentinaga ketibdi xayolim. Seleksionerlarning izg‘ib yurishi natijasida iqtidorlar chetda qolib ketmasligini esladim. Bizda esa…

olmoslar

Xullas, bu oddiy maqolam orqali balkim o‘sha yangiyo‘llik iqtidorli bolakayga ozgina bo‘lsa ham foydam tegib qolar, deb yaxshi niyat qildim. Yo‘q, yo‘q, aslo. Men bu maqolani keyinchalik Shoxrux Xudoyberganov degan yulduz paydo bo‘lib qolsa, targ‘ibiga hissa qo‘shgandim, degan da’voda yurish uchun emas, balkim o‘tmishdagi do‘stimning taqdiri boshqa bir bolakayda takrorlanmasin, dedim, xolos.

Hatto bu xabarni bir yil oldin ijtimoiy tarmoqlarda ham bergandim. Mana shu xabar e’lon qilingach, bu bolakayga yordam berganlar talaygina bo‘ldi. Hatto chet eldagi ko‘riklarda ham qatnashib qaytdi. Lekin yaqinda Shohruh yana yordamga ehtiyoj sezayotganini eshitib, ranjidim va shuni gazetaga ilinishga qaror qildim.

Chunki bu bolaga o‘xshagan iqtidorlar yurtimizning istalgan xududidan topiladi va yo‘qolib ketishadi. Ularning futbolchi bo‘la olmayotganlariga esa, qisman har birimiz aybdormiz. Har birimiz.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 11:08, 02.10.2017.
O'qildi: 8138 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.