Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Madridliklar Mbappeni Yevrodan oldin sotib olmoqchi, ammo klub bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Kilianni qachon "Real Madrid"da ko‘rishimiz mumkin?

Madridliklar Mbappeni Yevrodan oldin sotib olmoqchi, ammo klub bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Kilianni qachon "Real Madrid"da ko‘rishimiz mumkin?

Baho:
+ | -

Mbappe mavsum oxirida "PSJ"ni tark etishini rasman e’lon qildi. Fransiya terma jamoasi sardori Madridga o‘tishiga deyarli shubha yo‘q. Yagona savol shundaki, "qirollik klubi" qachon "Santyago Bernabeu"da o‘zining yangi yulduzini taqdim eta oladi.

Marca xabariga ko‘ra, "Los Blankos" OAVda katta ta’sirga ega Kilianning o‘z futbolchisi sifatida Yevroga borishini istamoqda. Fransiyalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi Peres va jamoaning rejalariga xalal berishi mumkin.

Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 30 iyunga qadar amal qiladi. Yevro 14 iyunda boshlanadi va Fransiya turnirdagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni o‘tkazadi. Texnik jihatdan hujumchi bu vaqt ichida "PSJ" futbolchisi bo‘lib qoladi. "Real" yo "PSJ"ni transferga rozi bo‘lishi mumkin, yoki ikki klub Yevropa chempionati boshlanishidan oldin shartnomani bekor qilishga rozi bo‘lishi kerak.

Fransiya terma jamoasining jadvali vazifani osonlashtirmaydi. Didye Desham 29 mayga Klerfonteyndagi “ko‘klar” bazasida futbolchilar yig‘inini rejalashtirgan.

Agar Madrid Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi bo‘yicha muammoni hal qila olsa, klub Fransiya futbol federasiyasi bilan Kilianga shartnoma imzolash va "Bernabeu"da hozir bo‘lish uchun bir kunga Madridga borishiga ruxsat berish uchun muzokara olib borishi kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha qilish kerakki, Yevro boshlangunga qadar fransuzlar Lyuksemburg (5 iyun) va Kanada (9 iyun) bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Yana bir qiyinchilik bor! Marca nashrining yozishicha, madridliklar Mbappeni iyun oyining birinchi haftasida: Chempionlar ligasi finalidan keyin va yevro boshlanishidan oldin tanishtirmoqchi. Ammo klub uy arenasida yangi kelganning taqdimoti uchun kunlar unchalik ko‘p emas. Futbol mavsumi nihoyasiga yetmoqda, demak, yangilangan Bernabeu konsert maydoniga aylanmoqda. Hech kim Mbappe taqdimoti uchun mashhur ijrochilarning keng ko‘lamli shoularini ko‘chirmaydi.

"Real" o‘z milliy terma jamoalari tarkibida Yevro va Amerika Kubogi chorak finalidan o‘ta olmagan futbolchilar AQSH bo‘ylab gastrol safariga yo‘l olishini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Kilianning Madriddagi debyut sanasi Fransiyaning Yevropa chempionatida qanchalik uzoqqa borishiga bog‘liq bo‘ladi. Turnirning finali 14 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Agar "Real" Kilianning Yevrogacha o‘tishini tashkil qila olmasa, fransuzlar esa turnirning yarim finaliga chiqsa, Mbappeni “Real”da faqat La Liganing yangi mavsumi boshlanishi bilan ko‘ramiz.

Kiritildi: 10:11, 18.05.2024.
O'qildi: 4450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.