Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«PSJ» va «Barselona» Rodri uchun kurashga qo‘shildi

«PSJ» va «Barselona» Rodri uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Rodri «PSJ» e’tiborini tortdi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Parij klubi yarim himoyachining transfer shartlarini bilish uchun «Manchester Siti» bilan bog‘langan. Frenki de Yongning jarohatidan so‘ng maydon markazini kuchaytirishni maqsad qilgan «Barselona» ham 30 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish poygasida «Real» peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar xavbek bilan kelishuvga erishib bo‘lishgan, ammo bu transfer uchun qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida o‘z yarimhimoyachilaridan birini sotishlariga to‘g‘ri keladi.

«Manchester Siti» esa o‘z navbatida futbolchi bilan 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi. «Shaharliklar» yangi bitim tuzishga ko‘ndira olishmasa va kelasi yozda uni tekinga boy berish xavfi tug‘ilsa ham, Rodrini keyingi mavsumda jamoada olib qolmoqchi.

Ispaniyalik futbolchi APLning o‘tgan mavsumida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Kiritildi: 20:51, 25.07.2026.
O'qildi: 2812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик