O‘tgan yilning avgustida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga ko‘chib o‘tgan Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Darvin Nunyes Yevropaga qaytishga yaqin turibdi. Jurnalist Sasha Tavolyerining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Turkiyaning «Beshiktash» klubi qiziqish bildirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turishibdi. Shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
OAV xabarlariga ko‘ra, «Al-Hilol» 2025 yilning yozida Nunyes uchun «Liverpul»ga 53 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumning birinchi yarmida forvard Saudiya Arabistoni chempionatidagi 16 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qishda esa legionerlar limiti oshishi sababli uning nomi musobaqa qaydnomasidan chiqarib tashlangan edi.













