Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«MYU» 84 million yevroga yangi yarim himoyachi sotib olmoqda

«MYU» 84 million yevroga yangi yarim himoyachi sotib olmoqda

Baho:
+ | -

«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Article xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klublar kamerunlik futbolchining transferi bo‘yicha 84 million yevroga kelishuvga erishgan. Ushbu summaga bonus to‘lovlari ham kiritilgan.

Balebaning o‘zi ham «Manchester Yunayted» bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olgan. Kutilishicha, 22 yoshli futbolchi yaqin 24 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va Manchester klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

O‘tgan mavsumda Baleba barcha musobaqalar hisobida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmagan.

Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:15, 19.08.2026.
O'qildi: 3509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик