Pep Gvardiola 2025 yil noyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida «Bayer»ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» futbolchilarini yetarlicha jon kuydirmayotgani uchun keskin tanqid qilgan.
Ushbu kadrlar Prime Video uchun suratga olingan A Beautiful Obsession hujjatli filmida namoyish etildi.
«Men sizlar uchun ishlayapman. Sizlar uchun o‘z hayotimni, oilamni va boshqa hamma narsani chetga suryapman. Evaziga sizlar menga nima beryapsizlar?
Hammangizning bugungi o‘yiningiz — sharmandalik, yigitlar.
Buni ko‘rganimda juda charchayman, kuchim qolmaydi, hatto ketgim keladi. Sizlar shunday o‘ynaganingizda o‘zimni yolg‘iz his qilaman», — degan Gvardiola kiyinish xonasida.
Filmning ayrim lavhalarida ispaniyalik mutaxassis, agar jamoaning o‘yini yaxshilanmasa, futbolchilarda «yangi murabbiy paydo bo‘lishi» mumkinligini ham ogohlantirgan.













