«Manchester Yunayted» hamon «Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni ushbu pozisiyani kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda.
Biroq «qizil iblislar» «Nyukasl»ni 21 yoshli futbolchini sotishga ko‘ndirish uchun Xollni futbol tarixidagi eng qimmat chap qanot himoyachisiga aylantirishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar Xollga muqobil sifatida besh nafar futbolchini ko‘rib chiqmoqda. Ular — «Rasing» Santanderdan Xorxe Salinas, «Barselona»dan Aleks Balde, «RB Leypsig»dan David Raum, «Fulxem»dan Entoni Robinson va «Bornmut»dan Adriyen Tryuffer.
Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» Lyuis Xollni sotmaslik borasidagi «Nyukasl»ning qat’iyatini sinab ko‘rishga tayyor.
Shu bilan birga, «qizil iblislar» 21 yoshli himoyachi uchun taxminan 70 million funt (82 million yevro) taklif qilishi ehtimoli past baholanmoqda.













