Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Shomurodov gol urgan o‘yinda Saloh "Trabzonspor"ga g‘alaba keltirdi

Shomurodov gol urgan o‘yinda Saloh "Trabzonspor"ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasining 2-turida "Trabzonspor" o‘z maydonida "Istanbul Bashakshehir"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bahs shiddatli boshlandi. 8-daqiqada Muhammad Saloh mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ammo "Bashakshehir" tez orada javob qaytardi. 19-daqiqada belgilangan penaltini Eldor Shomurodov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Tanaffusdan keyin ham "Trabzonspor" faolroq harakat qildi. 48-daqiqada Ernest Muchi uzatmasidan keyin Saloh ikkinchi bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Qolgan vaqtda mehmonlar hisobni tenglashtirishga urindi, biroq mezbonlar ustunlikni saqlab qoldi.

Uchrashuvning asosiy qahramoni Muhammad Saloh bo‘ldi. Turkiya chempionatida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan misrlik hujumchi dubl qayd etib, "Trabzonspor"ga mavsumdagi birinchi g‘alabani keltirdi. Bu Salohning Superligadagi dastlabki gollari bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev "Bashakshehir"ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Shomurodov penaltidan gol urgan bo‘lsa, Fayzullayev 58-daqiqada Devi Zelkega o‘rnini bo‘shatib berdi.

Mazkur natijadan keyin "Trabzonspor" ochkolari sonini 4 taga yetkazdi. "Bashakshehir" esa 3 ochkoda qoldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:02, 23.08.2026.
O'qildi: 2817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик